2017 yil 25 sentyabrdan Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasiga rasmiy manbaa maqomi berilganidan so`ng, O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar saytda rasman e`lon qilinishi boshlandi. Shuning uchun, 2017 yil 25 sentyabrdan boshlab yangi ko`rinishdagi LexUz saytining yangi imkoniyatlari ishga tushdi, deb xabar berdi Adliya vazirligi Axborot xizmati
LexUz saytining dizayni normativ-huquqiy hujjatlarni o`qish va qidirishning qulay zamonaviy yondashuvlarini hisobga olgan holda yangilandi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasman e`lon qilish uchun alohida maxsus bo`lim ochildi, u erda hujjatni o`zini, unga tegishli qo`shimcha ma`lumotni ko`rish, chop etilgan hujjatlarni PDF formatda ko`chirib olish va qog`ozda chop etish hamda HTML formatda hujjatni (matn fayl) va unga kiritilgan o`zgartirishlar tarixini qo`rish imkoniyatlari mavjud.
Bundan tashqari, rasman e`lon qilish bo`limida, rasman e`lon qilingan hujjatlarni qidirish imkoniyati yaratildi, u erda hujjatlarni hujjatning nomlanishi, qabul qilgan organi, hujjatning shakli, raqami, sanasi; hujjatning chop etilgan sanasi bo`yicha qidirsa bo`ladi.
Rasman chop etish bo`limida Oliy Majlis, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vazirliklar, idora va davlat qo`mitalari hujjatlarini rasman e`lon qilish uchun to`rtta kichik bo`limlar ochildi.
Rasman e`lon qilish bo`limidagi yana bir yangiliklardan biri bu rasmiy e`lon qilingan hujjatlarning kalendari bo`lib, u erda e`lon qilingan hujjatlarni sonini, ya`ni kun, xafta, oy bo`yicha ko`rish mumkin.
Hujjatni tez qidirish va sayt foydalanuvchilariga qulayliklar yaratish maqsadida, LexUz saytining qidirish tizimi hujjatni asosiy va ahamiyat ko`rsatkichlar bo`yicha qidirish yo`li bilan mukammallashtirildi. Hujjatning rekvizitlari, ya`ni soni va imzolangan sanasi maxsus ustunga ajratildi.
Hamda saytning asosiy betida Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga havolalar mavjud, u erdan mazkur ijtimoiy tarmoqlarida mavjud LexUz saytining betiga o`tsa bo`ladi.






