-Ikki yil oldin kelinim yuragi xasta o`g`lini tashlab, uydan chiqib ketgan. Shu–shu umuman xabar olmaydi. Yaqinda nabiramning yuragini operasiya qildirdik. Muolajani o`tkazish uchun onasining roziligi kerak ekan. Kelinimni chaqirdik, ammo u kelmadi. Hozir bolaning ahvoli yaxshi. O`g`lim ajrim uchun sudga ariza berdi. Biroq xotini bundan xabar topsa, nibiramni tortib olmasmikan deb havotirdaman. Jigarbandini tashlab ketgan ayolga sud xasta bolani berib qo`yaveradimi?
Ismi sir tutildi
-Sud tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlar ko`rilayotganida er-xotin o`rtasidagi munosabatlar, ya`ni oilani tiklash mumkin yoki mumkin emasligi kabi holatlarga e`tibor beriladi. Voyaga etmagan farzandlar ota-onadan birining tarbiyasida qolishi yoki ota-onalik huquqidan mahrum etish alohida sud tartibida ko`rilib, bunda bolaning kim bilan qoldirilishi uning manfaatidan kelib chiqib hal etiladi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






