"Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident farmoni ijrosiga bag`ishlangan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi birinchi o`rinbosari Temur Aminjonovich Ishmetov so`zga chiqib, konvertasiya ochilganidan beri, ya`ni 5 sentyabr kunidan boshlab tijorat banklarida jismoniy shaxslar tomonidan jami 200 mln dollar mablag` almashtirib olingan, yuridik shaxslar esa ushbu davr mobayonida 100 mln dollarga yaqin mablag` almashtirgan.
Markaziy bank o`rinbosari valyuta ayrboshlashda hech qanday cheklovlar yo`qligini va naqd pul etishmoqchiligi kuzatilmaganini qayd qildi.






