AsosiyJamiyat

​PREZIDENTNING YoShLAR JAMOASIGA ILK QIZ BOLA QO`ShILDI

'​PREZIDENTNING YoShLAR JAMOASIGA ILK QIZ BOLA QO`ShILDI'ning rasmi

rezident tomonidan Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa`dullaev Prezident ishonchini oqlab, vatanparvar, yuragida vatanga muhabbati kuchli bo`lgan yoshlarni Prezident jamoasiga yig`ishni maqsad qilgandi. Ana shu maqsadlari samarasi o`laroq yosh vazir o`rinbosari Prezident jamoasining ilk a`zolarini yig`di va ularni tanishtirdi.

“Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari bo`lgan kunimdan boshlab yangicha fikrlaydigan, davlatimizdagi islohotlarga o`z hissasini qo`sha oladigan yoshlar jamoasini yig`ishni oldimga eng ustuvor maqsad qilib qo`ygandim”, deb yozadi Alisher Sa`dullaev.

Sa`dullaev shu maqsadda vazirlikda yangi — O`quvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi ochishni maqsad qildi.

Tashabbus egasi o`zining Feysbukdagi sahifasida ana shu yangi boshqarmaning xodimlari va Prezident Jamoasining ilk a`zolari bilan tanishtirishni boshladi.

Akobir Abdullaev - Boshqarma boshlig`i, psixolog-trener. Toshkent Islom Universiteti bitiruvchisi, O`quvchi-yoshlar bilan ishlash bo`yicha tajribali mutaxassis, Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar ishtirokchisi. Uning yo`nalishi — Respublika o`quvchi-yoshlari bilan psixologik ishlash.

Sheroz Narzullaev- Boshqarma boshlig`i o`rinbosari, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti bitiruvchisi. Young Leaders Development Project (Yosh etakchilarni qo`llab-quvvatlash loyihasi)ning bosh koordinatori, O`zbekiston ingliz tili o`qituvchilari uyushmasi (UzTEA)ning xalqaro loyihalar bo`yicha bosh koordinatori sifatida faoliyat olib borgan. Bir qancha respublika hamda xalqaro tanlovlar ishtirokchisi va g`olibi. Uning vazifasi - O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha maktablarida zamonaviy uslublarni qo`llaydigan yoshlar etakchilarini tayyorlash. Namunali maktablarda “Muvaffaqiyat maktabi” va “ S.T.E.M.” maktablari loyihalarini tuzish.

Bugun Prezident jamoasiga ilk qiz bola qo`shildi.

Gavhar Sagdullaeva - Boshqarma bosh nazoratchisi, O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti bitiruvchisi. Respublikamizda qizlar yo`nalishidagi eng ommabop Girls Development Club Tashkent - GDC (Barkamol qizlar klubi) loyihasi, Upgrade Women's Center loyihasi asoschisi, “Kelajak ovozi-2012” Respublika tanlovi laureati, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar ko`rik-tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchisi, Mening Yurtim - MY5 telekanali sobiq jurnalisti.

“Bugungi kunda oldimda turgan eng asosiy vazifalardan biri-yurtimiz o`quvchi-qizlarini ta`lim sohasida loyihalar, fanga oid izlanishlar olib borishga yo`naltirish, adabiyot, san`at, madaniyat sohalaridagi ilg`orlini, ijtimoiy faolligini oshirish. Aynan shuning uchun Xalq ta`limi vazirligida bunga oid bir nechta loyihalar ishlab chiqilgan bo`lib, ulardan eng asosiysi “Barkamol qizlar klubi” loyihasini Respublika maktablariga targ`ib qilish. Bu sohani takomillashtirish Gavhar Sagdullaevaning vazifasiga kiradi”, deb yozadi Alisher Sa`dullaev.

    Boshqa yangiliklar