“Sharp” robot ko`rinishidagi “RoboHon” smartfonini ishlab chiqardi...
Mazkur gumonoid kommunikator may oyidan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda, deya xabar qiladi “The Verge” nashri. 20 santimetr balandlikdagi bu qurilma xuddi o`zga sayyoralik gumanoidlar ko`rinishini eslatadi. U yurishi, raqs tushishi, ta`zim qilishi va boshqa sodda harakatlarni bajarishi mumkin.
Biroq antiqa tashqi ko`rinishiga qaramay, bu qurilma shunchaki telefon xolos.
Mazkur robotga mikrofon va dinamik o`rnatilgan va Android operasion tizimida ishlaydi.
“RoboHon LTE” tarmog`i 3G tizimida ishlaydi, uning elkasida maxsus displey ekran o`rnatilgan. Ekran 320 ga 240 pikselli tasvirlarni qabul qiladi, ovozli komandalar, hatto yuzlarni ham ajratadi. “RoboHon” o`z egasining kayfiyatiga qarab unga tegishli musiqa yoki boshqa materiallarni tanlab beradi. Mazkur robot telefonning o`rtacha narxi 198 ming ien (taxminan 2000 dollar) bo`lishi kutilmoqda.






