AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONLIK HOJILARNING DASTLABKI GURUHI VATANGA QAYTDI

'​O`ZBEKISTONLIK HOJILARNING DASTLABKI GURUHI VATANGA QAYTDI'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroportida ziyoratchilarimizni Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa davlat va jamoat vazirlik va tashkilot vakillari kutib oldilar.

Mazkur reysda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Haj ziyoratini amalga oshirgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari borligi quvonarli hol albatta. Ularning yuzlarida porlayotgan quvonch, ko`zlaridagi sevinch yoshlari bizni juda quvontirdi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan fahriylarimizga hurmat-ehtirom ko`rsatilib, ziyoratlarini sog`-salomat amalga oshirganliklari uchun cho`pon kiydirildi va alvona gullar taqdim etildi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmati xabar berdi.

Ko`tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilarimiz yuqori saviyada tashkil etilgan sharoitlardan minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 8-24 sentyabr kunlari hojilarimizni “O`zbekiston havo yo`llari” MAK samolyotlarida Jidda-Toshkent, Jidda-Buxoro, Jidda-Samarqand, Jidda-Qarshi, Jidda-Namangan, hamda Jidda-Urganch yo`nalishlari bo`yicha O`zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar