AsosiySalomatlik

ShIFO MASLAHAT: Tinchlantiruvchi dorilar tavsiyasiz ichilsa...

'ShIFO MASLAHAT: Tinchlantiruvchi dorilar tavsiyasiz ichilsa...'ning rasmi

— Hozirgi kunda boshimga tushgan tashvish sabab engil tinchlantiruvchi dorilar qabul qilyapman. Valeriana, pustirnik dorilari hozircha ta`sir qilayapti, ammo oxirgi vaqtlarda tez-tez charchayapman. Balki bu dorilar ta`siridandir?

B.Rahimov, Qo`qon shahri

Guli Akilova, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Ushbu dorilar mutaxassis tavsiyasisiz uzoq vaqt qabul qilinsa, ayrim asoratlarga, masalan, uyquchilik, quvvatsizlik, ishlash unumining susayishiga olib keladi. Agar o`zingizda shu alomatlarni sezayotgan bo`lsangiz, albatta shifokorga murojaat qiling, u sizni tekshirib kerakli muolajalarni tavsiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar