AsosiyDunyo

​QUYoShDA YaNGI O`TA KUChLI ChAQNASh YuZ BERDI

'​QUYoShDA YaNGI O`TA KUChLI ChAQNASh YuZ BERDI'ning rasmi

Yakshanba, 10 sentyabr kuni, kechki payt Quyoshda yangi kuchli chaqnash sodir bo`ldi, unga X8.2 ball kuchi berildi, aslida “X” bu quyoshdagi eng kuchli chaqnash darajasi sanaladi, raqamli indeks esa uning intensivligini bildiradi.

Rossiya fanlar akademiyasining P.N. Lebedev nomli Fizika instituti bergan ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi kunlarda Quyoshda "S" darajasidagi ettita chaqnash yuz berdi.

Avval xabar berilganidek, Quyoshdagi chaqnashlar 4 sentyabr kuni boshlandi: avvaliga “M” darajasida u qadar katta bo`lmagan chaqnashlar, 6 sentyabr kuni “X” darajasidagi ikkita chaqnash (2,2 va 9,3 ball).

Avvalroq bunday chaqnashlar 2005 yilning 7 sentyabr kuni yuz bergan, u Erda kuchli magnit bo`ronlarini keltirib chiqargan, deya xabar beradi TASS.

    Boshqa yangiliklar