AsosiySalomatlik

ShIFO MASLAHAT: Bo`g`imlarning qirsillashi kasallikdan dalolatmi?

'ShIFO MASLAHAT: Bo`g`imlarning qirsillashi kasallikdan dalolatmi?'ning rasmi

— Yoshim 36 da. Ikki soat qimirlamasdan bir joyda o`tirsam, bo`g`imlarim qirsillay boshlaydi. Bu xavflimi? Bo`g`imlarim kasallikka chalinganmi? Kun bo`yi o`tirib ishlaydigan korxonada faoliyat yuritaman.Kasallikning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Zebo, Toshkent shahri:

Odilbek To`rabaev, shifokor travmatolog-ortoped:

— Bo`g`imlarning og`riqsiz qirsillashi (g`ichirlashi) bo`g`imlar kasallanganidan dalolat bermaydi. Bunga aniqlik kiritish uchun avval ortoped-shifokor ko`rigidan o`tish lozim.

Lekin qirsillash artroz, artrit kabi kasalliklari rivojlanayotganidan darak berishi mumkin.

Yoshingizni inobatga olib, rentgen eki MRT tekshiruvidan o`tishni maslahat beramiz.

    Boshqa yangiliklar