Ilgari Gollivud yulduzlariniki kabi ko`z-qovoqlaru, chiroyli qomatni faqat xayol qilgan bo`lsak, bugun ular oddiy turmush tarzimizga aylangan. Hatto «ko`zini torttiribdi, labini shishiribdi» degan so`zlar bilankimni hayron qoldirolmaysiz.
Bugungi kunda ikki yo`nalish bo`yicha plastik jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda. Bular — plastik rekonstruktiv hamda estetik plastik jarrohlikdir. Plastik rekonstruktiv jarrohlik – tug`ma nuqsonlar, tanadagi turli xil anomaliyalar, orttirilgan jarohatlar, teri kuyishlaridan keyingi o`zgarishlarni bartaraf etish maqsadida o`tkaziladigan amaliyot hisoblanadi.
Vaqt o`tgani sayin inson organizmi, xususan, teri qatlamida yoshga doir o`zgarishlar sodir bo`ladi. Buni bartaraf etish, ya`ni qarish jarayoni tashqi ko`rinishda aks etishining oldini olishda estetik plastik jarrohlik uslubi qo`llanadi.
Ilgari lab korreksiyasi uchun bir martalik muolajalardan foydalanshishgan. Bunda qo`llaniladigan ineksiya tarkibi silikon va akril gellaridan iborat bo`lib, naxri juda arzon edi. Qolaversa, inson organizmi uchun zarari ham bor. Bugun lab shaklini o`zgartirish bo`yicha bajarilayotgan amaliyotlarda gialuron kislotasi yoxud gialuron+yog` usuli bajarilmoqda. Bu mutlaqo xavfsiz amaliyot hisoblanadi.

Abdominoplastika – qorindagi yog`lardan xalos bo`lish
Mazkur amaliyot jarayonida teriosti yog` qavati va ortiqcha teri qatlami olib tashlanadi. Operasiyadan so`ng 2 hafta davomida og`ir mehnat faoliyati bilan shug`ullanmaslik, parhez tutish tavsiya etiladi.
Muolaja natijasi bir umrlik!
Qosh-qovoqni «torttirish»
Bu amaliyot natijasida qovoqlardagi shishlarni ketkazish, ko`z osti qopchalarini bartaraf etish va ko`z atrofidagi terini taranglashtirish (mayda ajinlarni yo`qotish)ga erishish mumkin.
Liposaksiya
Bo`yin va engak, bel, qorin, son sohasi, sut bezlari va tizzadagi ortiqcha yog` qatlamlarini liposaksiya usulida tuzatish mumkin. Mazkur amaliyot tananing bir qancha sohalarida mavjud tashqi o`zgarishlarni me`yoriga keltirish uchun bajariladi. Liposaksiya usulida muammoli sohadagi terining osti yog` qavati olib tashlanib, teridagi «qavat» va burishishlar yo`q qilinadi.
Yuz terisining «yangi» lanishi
Yoshga doir o`zgarishlar, xususan, yuz terisi ajinlari, teriqavatining qat-qat bo`lib qolishi, tana vazni ortishi yoxud kamayishida ikkinchi engak paydo bo`lishi kabi holatlarda plastik jarrohlik usuliga murojaat qilish mumkin. Teriqavati tortilib, kesim choklari quloq ortiga yashiriladi. Amaliyot natijasi 1-1,5 oydan so`ng sezila boshlaydi.
Burunni to`g`irlash
Burun shaklini o`zgartirish, tug`ma nuqsonlarni bartaraf etish va nafas yo`llari bilan bog`liq o`zgarishlarni bartaraf etish rinoplastika usulida bajariladi. Shuningdek, burun do`ngligi, shakli qiyshayishi, burun o`lchamining katta yo kichikligini korreksiya qilish ham mazkur amaliyot sirasidandir.
BOTOKS
Og`riqsiz va operasiyasiz bajariladigan amaliyot hisoblanib, yuzdagi mimik ajinlarni yo`qotish uchun qo`llanadi. Peshana, ko`z va burun trofidagi mayda mimik ajinlar mavjud sohaga maxsus ingichka igna yordamida botulotoksin yuboriladi. Preparat teridagi zo`riqishni bartaraf etib, mimik ajinlarning yozlishi va tekislanishini ta`minlaydi. Qo`ltiq osti terlashidayam qo`llaniladi.






