AsosiyDunyo

​UKRAINADA VAKSINALAR QIMMATLIGI SABAB BOLALAR EMLANMAYaPTI

'​UKRAINADA VAKSINALAR QIMMATLIGI SABAB BOLALAR EMLANMAYaPTI'ning rasmi

Ukrainada profilaktik emlash borasida og`ir vaziyat yuzaga keldi, deb yozadi "Rossiya 24" kanali.

Amerikaning strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi bergan ma`lumotlarga ko`ra, bor yo`g`i 30% ukrainalik bola qizamiq, 10% —gepatit V va faqat 3% - difteriya, ko`kyo`tal va qoqsholdan emlangan.

Analitika markazi buning oqibatida faqat iyun oyining o`zida 473 nafar ukrainalik bola qizamiq bilan og`rigan, shundan 70% emlanmagan bolalar va o`smirlar ekanligini ma`lum qildi.

Ushbu vaziyatning uchta sababi tahmin qilinmoqda: aholining daromadi tushib ketgan, vaksina narxi oshgan, vaksinalar kamaygan.

    Boshqa yangiliklar