AsosiyHi-tech

MIYaSIDA NUQSONI BOR­ ­BOLALARNI DAVOLOVChI IXTIRO YaRATILDI

'MIYaSIDA NUQSONI BOR­ ­BOLALARNI  DAVOLOVChI IXTIRO YaRATILDI'ning rasmi

Bilamizki, bolalarning miya to`qimalaridagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun vaqt talab etiladi. Shvesiyalik tadqiqotchilar tibbiyot olimlari bilan birgalikda omma e`tiboriga taqdim etgan yangi kashfiyot bilan esa bunga tezroq erishish mumkin.

“Tobii” deb nomlangan mazkur qurilma bolalarni doimiy nazoratda tutib turadi va u haqida tez-tez ma`lumot berib boradi. Bola miyasidagi sezilarli har bir o`zgarish to`g`risida ma`lumotlarni bazaga birdek etkazib berib boradi. Kashfiyotchilar ushbu qurilmani omma e`tiboriga havola qilishdan oldin 1 yil davomida ota-onasining tavsiyasiga binoan miyasida nuqsoni bor deb topilgan Yanu ismli 7 yoshli bolada sinab ko`rishdi. Yanuning onasi o`g`li haqida shunday deydi: “Yanu ko`p hollarda o`zi yolg`iz qolar va zerikar edi. Bu qurilma unga ham shifokor, ham do`st bo`lib qoldi. Chunki “Tobii” uning turli savollariga tezkor va xuddi do`stlardek tezkor javob qaytarar edi. Tez fursatda o`g`limda ro`y bergan ijobiy o`zgarishlarni ko`rib, ko`zlarimga ishonmadim. Hozirda o`g`lim ancha yaxshi”. Xuddi shu usul bilan bu ixtiro yordamida 15 yoshgacha bo`lgan bolalar miyasidagi nuqsondan qutulishlari mumkin.

“Tobii”ning narxi 13.000 evro deb aytilmoqda. Lekin so`nggi natijalarga ko`ra, “Tobii” 97 foiz bemor bolalarda ijobiy o`zgarishlarni aks ettirgan va yaqin kunlarda sotuvga chiqarilishi ta`kidlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar