AsosiyHi-tech

SAMSUNG KOMPANIYaSI YaNGI DAVR TELEVIZORINING ILK NUSXASINI TAQDIM ETDI

'SAMSUNG KOMPANIYaSI YaNGI DAVR TELEVIZORINING ILK NUSXASINI TAQDIM ETDI'ning rasmi

Bugungi kunda ko`plab imkoniyatlarga, zamonaviy qulayliklarga ega yangi davr televizorlari jahon savdo bozorining asosiy kuchi bo`lib kelmoqda. Las-Vegas shahrida o`tkazilgan CES deb nomlangan taqdimotda Samsung kompaniyasining yangi davr televizorining birinchi nusxasi omma e`tiboriga havola etildi...

Aqlli Samsung televizori TV dasturlarni tomosha qilishdan tashqari tezkor internet hamda smartfonga o`rnatilgan ilovalardan ham foydalanish imkoniyatini beradi. Taqdimotda loyiha ishtirokchisi Jeyson Barux aqlli Samsung televizori haqida shunday deydi:

— Biz sizlarga elektron uskunalari funksiyalarni bajaruvchi yangi avlod televizorini taklif etamiz. Aqlli Samsung televizori sizning uyingizdagi eko muvozanatni saqlab qolish uchun yordam beradi. Televizorda filmlarni ko`rish bilan birgalikda SmartThing ilovasi orqali uydagi elektr nazorat markazi, isitish va suv ta`minoti markazlarini nazorat qila olasiz. Bu aqlli Samsung televizorining eng oddiy funksiyasi. Yaratilgan yangi avlod televizori yaqin kelajakda uyning ajralmas qismi bo`lishiga ishonamiz.

Yangi ixtiro qilingan televizorning yana juda ko`p aqlga sig`mas funksiyalari borligini ta`kidlashmoqda: 4-x mm. qalinligi va 120 dyuymli yirik ekran. LeTV xodimining ta`kidlashicha, bu televizor kompyuterdek o`z operasion tizimi, prosessori hamda katta hajmdagi xotirasiga ega. Shu bilan birga sensorli ekran orqali matn yozish va yaxshi ko`rgan asaringizni miriqib mutolaa qilishingiz mumkin. Samsung aqlli televizori yaqin kunlarda sotuvga chiqishi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar