AsosiyHi-tech

DUBAYLIK OLIMLAR DUNYoDAGI BIRINChI POLISIYaChI ROBOTNI OMMA E`TIBORIGA HAVOLA ETIShDI

'DUBAYLIK OLIMLAR DUNYoDAGI BIRINChI POLISIYaChI ROBOTNI OMMA E`TIBORIGA HAVOLA ETIShDI'ning rasmi

Yaqinda Dubay olimlari dunyodagi birinchi polisiyachi Robocop nomli robotni omma e`tiboriga havola etishdi…

Robotning birinchi ish kuni Dubay shahrida o`tkazilgan “Gulf Information Security Expo and Conference” nomli ko`rgazmasida bo`ldi. U erda u mehmonlarni kutib oluvchi, avtomobillar turar joyida yo`l ko`rsatuvchi bo`lib o`z faoliya­tini boshladi. Tadbir tugagach, ishtirokchilarning takliflariga binoan unga ko`cha tartiblarini saqlash vazifasi topshirildi. Buni ham polisiyachi robot mohirona uddaladi. Uning bo`yi 170 sm va og`irligi 100 kilogrammga etadi. U asosan GPS Navigator yordamida ishlaydi. Bu unga tabassum, imo-ishoralarni aniqlash imkonini beradi hamda siz unga vaziyat tug`ilganda qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.

Polisiyachi robot 6 tilda bemalol muloqot qila oladi. Olimlarning ta`kidlashicha, robot yaqin kunlarda turli jinoyatchi huquqbuzarlarni tutishda asqatishi mumkin. U turli ko`ngilsiz vaziyatlarda tez va oqilona xulosa chiqara oladi. Robot yaqin kunlarda Dubay shaharlari bo`ylab o`z ishini davom ettiradi.

    Boshqa yangiliklar