Avtomobilda nur qaytargichli kamzul bo`lmasa qancha jarima to`lanadi?
Maqsudali Qosimov, Farg`ona viloyati, Quva shahri
Xolmatjon SAYDALIEV, O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i:
- Haydovchilarning belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilmagan yoki majburiy texnik ko`rikdan o`tkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo`lgan yoqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg`acha bilan jihozlanmagan, o`t o`chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida to`xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning mikdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo`lgan transport vositalarini boshqarganda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 1252-moddasiga ko`ra, eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima choralari qo`llaniladi.






