BMT rahbariyati Myanmadagi qochoqlarga yordam uchun $7 mln ajratadi.
Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo`yicha o`rinbosari Mark Loukok ma`lum qildi.
Loukokning so`zlariga ko`ra, BMT jamg`armasi tomonidan qo`shimcha boshpana va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etilib, og`ir ahvoldagi qochoqlarga tibbiy yordam ham ko`rsatiladi.
Shuningdek u Myanma qochoqlarining xavsizligini ta`minlashga chaqirdi.






