8 sentyabr kuni poytaxtimiz Toshkentda Milliy telekanali jamoasi tomonidan “O’zbegim” Milliy qadriyatlar festivali tashkil etilmoqda.
Festival doirasida 8 tonnaga yaqin rekord palov tayyorlanadi. Palovning rekordini qayd etish uchun Guinness World Records vakillari taklif etilgan.
Tayyor palov “Muruvvat”, “Sahovat”, qariyalar va nogironlar uylariga, shuningdek, festival mehmonlariga tadbir hududidagi 14 ta joyda tarqatiladi.
Palov tayyorlanadigan hudud sanitariya-gigiena talablariga rioya etish maqsadida to`sib qo`yiladi. Jarayon esa festival o`tkaziladigan hududga o`rnatilgan 17 ta ekranlarda namoyish etib boriladi. “Osh damlash” jarayoni, shuningdek, Milliy telekanali, uning mobil ilovasi hamda Guinness World Recordsning Facebook’dagi sahifasi orqali to`g`ridan-to`g`ri namoyish etiladi.
Osh tarqatish uchun o`rnatiladigan qozonlar va translyasiya uchun o`rnatiladigan monitorlar joyi ro`yxati:
1. Xalqaro keramika bog`i (mo`ljal: Markaziy bank)
2. “Poytaxt” savdo markazi atrofi
3. “Aloqabank” yonida (mo`ljal: Amir Temur xiyoboni)
4. “Bolajon” istirohat bog`i (mo`ljal: Xalq banki binosining orqa tomoni)
5. “O`zbekiston” Forumlar saroyi oldidagi maydon
6. “O`zbekiston” mehmonxonasi oldidagi maydon
7. Temuriylar tarixi davlat muzeyi old tomonidagi maydon
8. Temuriylar tarixi davlat muzeyi orqa tomonidagi maydon
9. City Palace mehmonxonasining orqa tomoni
10. Haytt Regency Tashkent mehmonxonasi yonidagi avtoturargoh
11. Simpoziumlar saroyining orqa tomoni
12. A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon
13. Yoshlar ijod saroyi oldidagi maydon
14. Saylgoh va Amir Temur ko`chalari kesishmasi





