O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida mustaqil O`zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga bag`ishlangan "My First President" nomli kitobning taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.Bu haqda Islom Karimov fondining Facebook`dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Mazkur risolada O`zbekiston birinchi Prezidenti xotiraga bag`ishlab yozilgan insholar tanlovi g`oliblarining insholari to`plangan.Ushbu tanlov oliy va o`rta maxsus ta`lim yurtlari talabalari orasida o`tkazilgan bo`lib, ishtirokchilar o`z yozma ishlarini ingliz tilida taqdim etgan edilar.


Tanlov O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi tomonidan Islom Karimov nomidagi Fond bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda O`zbekistonning barcha hududlaridan 1400 nafarga yaqin oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar. Ulardan 36 nafar talabalar yozma ishlari jyuri fikriga binoan, eng yaxshi yozilgan insho deb topildi.

Islom Karimov nomidagi Fond 4 nafar g`olibni Apple Ipad planshetlari bilan, qolgan 32 nafar ishtirokchini esa elektron kitoblar bilan taqdirladi.






