AsosiyJamiyat

​ABDULAZIZ KOMILOV “HUMAN RIGHTS WATCH” DELEGASIYaSI BILAN UChRAShDI

'​ABDULAZIZ KOMILOV “HUMAN RIGHTS WATCH” DELEGASIYaSI BILAN UChRAShDI'ning rasmi

2017 yil 7 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Human Rights Watch” xalqaro nodavlat tashkilotining Evropa va Markaziy Osiyo bo`yicha bo`lim boshlig`i Hyu Uilyamson va Markaziy Osiyo bo`yicha ofis rahbari Stiven Sverdlov tarkibidagi delegasiyasini qabul qildi.

Suhbat chog`ida ikkitomonlama aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi chuqur islohotlarning yaxlit dasturi sifatida O`zbekiston va “Human Rights Watch” o`rtasidagi konstruktiv va o`zaro hurmatga asoslangan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochishi qayd etildi.

Tashkilot vakillari o`zlarining Toshkent shahrida o`tkazilgan ko`psonli davlat va nodavlat tuzilmasidagi uchrashuvlardan olgan taassurotlar to`g`risida so`zlab berishdi.

Suhbat davomida ikki tomon aloqalaridagi ma`lum muddat to`xtalishdan so`ng shakllanayotgan hamkorlikning kun tartibiga doir boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar