AsosiyJamiyat

SAMVEL BABAYaNNI ISTE`FOGA ChIQARISh TO`G`RISIDA O`FF BAYoNOT BERDI

'SAMVEL BABAYaNNI ISTE`FOGA ChIQARISh TO`G`RISIDA O`FF BAYoNOT BERDI'ning rasmi

O`zbekiston Futbol Federasiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilganini ma`lum qiladi.

Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O`zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi. Milliy terma jamoanning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma`lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e`lon qilinadi.

O`zbekiston Futbol Federasiyasi jahon chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritgan Eron va Koreya terma jamoalarini tabriklaydi va ularga keyingi o`yinlarda omad tilaydi.

Fursatdan foydalanib, O`zbekiston Futbol Federasiyasi jahon chempionati saralashi davomida to`xtovsiz ravishda qo`llab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy ravishda dalda berib turganligi uchun milliy terma jamoamiz muxlislariga cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi.

    Boshqa yangiliklar