AsosiyJamiyat

TOMORQADA QUROL VA O`Q-DORILARNING YaShIRIN RAVIShDA SAQLANAYoTGANLIGI ANIQLANDI

'TOMORQADA QUROL VA O`Q-DORILARNING YaShIRIN RAVIShDA SAQLANAYoTGANLIGI ANIQLANDI'ning rasmi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Xatirchi tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida qurol va o`q-dorilarning yashirin ravishda saqlanayotganligi fosh etildi.

Xabarda aytilishicha, fuqaro T.Yorqulovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, hovlidagi tomorqaga 1 dona o`q-otar ov quroli, 2 dona gilza, 7 dona qo`lbola usulda tayyorlangan patron, 50 gr. sochma drob va boshqa moslamalar polietilen qopga solingan holda ko`mib qo`yilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respbulikasi Jinoyat kodeksining 248 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, sud xukmiga binoan ashyoviy dallillar davlat egaligiga o`tkazildi. Fuqaroga nisbatan eng kam oylik ish haqining 8 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar