Bugun shou-biznes vakillaridan iborat oilalardan birida yana bir chaqaloq dunyoga keldi.
Dilso`z taxallusi bilan mashhur bo`lgan xonanda Go`zal Jumaniyozova va “Mango” guruhi sobiq a`zosi Farruh Raimov bugun yana bir bor ota-onalik baxtiga muyassar bo`lishdi.
Ularning oilasida yana bir qizaloq dunyoga keldi.
“Illohim o`zingga behisob shukr yana bir bor onalik maqomiga etkazganing uchun. Xush kelding qizim Safina”, deya izoh yozib qoldirdi Dilso`z.
Eslatib o`tamiz, 2015 yilning 15 oktyabrida Dilso`z qiz farzandli bo`lib, unga Dilso`z deya ism qo`ygandi.
Fursatdan foydalanib, ijodiy jamoamiz nomidan ularni ushbu baxtli sana bilan muborakbod etib qolamiz!







