AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONNING BIRINChI PREZIDENTIGA BAG`IShLANGAN POChTA MARKALARI ChIQARILDI

'​O`ZBEKISTONNING BIRINChI PREZIDENTIGA BAG`IShLANGAN POChTA MARKALARI ChIQARILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning merosiga bag`ishlangan maxsus pochta markalari (9ta markadan iborat) kichik varaq ko`rinishida tayyorlandi.

Pochta markalarida Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlari va voqealari mujassamlashgan.

Pochta markalari turkumining chiqarilishi “Oq saroy” oldidagi Islom Abdug`anievich Karimovga bag`ishlangan yodgorlik majmuasining va haykalining ochilishi vaqtiga to`g`ri keltirilgan.

Markalar “O`zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag`ishlangan pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Kichik varaq uchun 4 xil rangdagi sovg`abop buklet tayyorlangan (klyasser).

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog`ozi oq silliq. Kichik varaqning o`lchami 165x145mm. Pochta markalarining o`lchami 42x30 mm. Adadi 7 ming nusxa. Foto – Kurbanbaev F., Dizayner - Kaneves E. Identifikasiya raqamlari berilgan va nominallari o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar