Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboevning taklifiga binoan 5 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkekga keldi.
O`zA maxsus muxbirining xabar berishicha, ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.





