Cwmhir nomli qadimiy valliylarga tegishli monastirdan kichkina tosh o`g`irlagan avstraliyalik sayyoh tarixiy artifakt unga omadsizlik keltirgani uchun toshni joyiga qaytardi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Sayyohning aytishicha, mazkur toshni qo`lga kiritgandan keyin uni boshi tanasidan judo qilingan shahzodaning arvohi ta`qib qilgan. Sayyoh o`zining ismi-sharifini sir tutishni so`rab, yong`oqday toshni monastirga qaytargan. Uning yozishicha, tarixni sevganligi uchun XII asrga tegishli qo`rg`ondan kichkina toshchani o`zi bilan birga olgan. Sayyoh tosh unga qanday omadsizlik keltirganiga batafsil izoh bermagan.
Cwmhir monastiri valliyalik shahzoda Kadvallon ap Madogom tomonidan 1176 yilda qurilgan. Oradan uch yil o`tgach, shahzoda ser Rodjer Mortimer tomonidan qatl etilgan.
Keyinchalik XIII asrda abbatlik ingliz askarlari tomonidan ikki marotaba yoqib yuborilgan, 1231 yilda esa monastir rahbariyati britaniya qirolini taxtdan ag`darishda ayblanib, 200 funt miqdorida jarimaga tortilgan.
1282 yilda esa monastir hududiga boshi tanasidan judo etilgan shahzoda Uelskiy dafn etilgan. Mahalliy aholining so`zlariga qaraganda, shundan beri abbatlik hududida boshsiz shahzodaning arvohi kezadi.
Monastir rahbariyati boshqalarni o`g`irlikdan qaytarish maqsadida avstraliyalik sayyohning xatini kirish eshigi yoniga ilib qo`ydi.






