AsosiyJamiyat

ILK MAROTABA NOTARIUSLAR LAVOZIMIGA ONLAYN TANLOV BO`LIB O`TMOQDA

'ILK MAROTABA NOTARIUSLAR LAVOZIMIGA ONLAYN TANLOV BO`LIB O`TMOQDA 'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan yangicha tamoyil va yondashuv asosida ilk marotaba notariuslar lavozimiga tanlov bo`lib o`tmoqda.

Tanlov zamonaviy talablarga mos ravishda ochiq va shaffof tarzda Oliy malaka komissiyasi hamda jamoat nazorati ostida o`tkazilmoqda. Barchaga tanlov jarayonini onlayn tarzda kuzatib turish imkoniyati berilmoqda. Bu jarayonda samarali jahon andozalaridan kelib chiqib jamoat nazorat mexanizmlari keng qo`llanilishi ko`zda tutilgan.

Shu maqsadda, Adliya vazirligi Facebook ijtimoyi tarmog`ida “Adliya bilan muloqot” (Dialog s yustisiey) guruhi ham yaratilib, aholining bu sohadagi murojaatlari, takliflari va e`tirozlari bo`yicha ishlashning yangi tizimi yo`lga qo`yildi.

Ushbu guruh orqali keng jamoatchilik va mutaxassislar bilan samarali hamkorlik qilishni kutib qolamiz va ushbu hamkorlik faoliyatimizda mavjud kamchiliklarni aniqlash va o`z vaqtida bartaraf etishda, shuningdek, davlat xizmatlarining sifatini yaxshilashga yordam berishiga umid qilamiz.

    Boshqa yangiliklar