Rossiyaning Ekaterinburg shahrida joylashgan “Kosmos” kinoteatrining kirish eshigiga UAZ avtomobili kelib urildi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
Avtomobil haydovchisi ichkariga kirishga harakat qildi, ammo avtomobil to`singa kelib urildi, haydovchi esa kinoteatr binosiga yonilg`i aralashmasini sepdi.
Sverdlov viloyati Tergov qo`mitasining bergan xabariga ko`ra, tezkor-tergov tadbiri davomida jinoyatni sodir etishda gumonlangan Irbit shahrida yashovchi 39 yoshli erkak qo`lga olingan.
Gumonlanuvchiga nisbatan Rossiya JKning 167 moddasi 2 qismi (yoqish orqali mol-mulkka zarar keltirish) aybi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ma`lum bo`lishicha, gumonlanuvchi psixiatr ro`yxatida turgan.






