AsosiyJamiyat

​ “ASIAN FIGHT-2017” ChIPTALARI STADION KASSALARIDA SOTILMOQDA

'​ “ASIAN FIGHT-2017” ChIPTALARI STADION KASSALARIDA SOTILMOQDA'ning rasmi

“Bunyodkor” stadioni chiptalarni sotuvga chiqardi.

Ma`lumki, 9 sentyabr kuni Toshkent shahrida yilning eng shov-shuvli sport turniri – “Asian Fight - 2017” bo`lib o`tadi. Turnirga qiziqish juda yuqori darajada. Qo`shni davlatlar, xususan sportchilari ishtirok etayotgan Qozog`iston va Qirg`izistondan bir necha ming chiptaga buyurtma qilingan. Turistik kompaniyalar buning uchun alohida turpaketlar e`lon qildi.

Chiptalar esa hamyonbop narxlarda taklif etilmoqda. Chiptalar joy va sektoriga qarab 50 ming so`mdan 300 ming so`mgacha. VIP sektorlar ham bor. Imkoniyati borlar ularni sotib olish uchun +99899 885 70 70, 885 80 80 telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalar soni chegaralangan.

Tashkilotchilar chiptalarni o`z vaqtida va o`z narxida sotib olishni tavsiya etadi. Yil sport shousini tomosha qilish imkoniyati o`z qo`lingizda!

    Boshqa yangiliklar