AQShning Texas shtatidagi Arkema kimyo zavodi hududini “Xarvi” to`foni tufayli suv bosganidan keyin yong`in ko`tarildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Bundan ilgari mazkur muassasasda ikki marta portlash ro`y berdi.
Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, hozircha o`tishning iloji bo`lmagan kimyo zavodi hududida yong`in va qora tutun ko`tarilganini ko`rish mumkin.
Texasga yopirilgan “Xarvi” to`foni ko`p joylarni vayron qildi. AQShda bunday kuchli to`fon 12 yil muqaddam 2005 yilda ro`y bergan bo`lib, o`shanda Yangi Orlean suvga g`arq bo`lgan edi.






