AsosiyDunyo

​DOG`ISTONLIK AYoL HAJDA O`G`IL FARZAND KO`RDI

'​DOG`ISTONLIK AYoL HAJDA O`G`IL FARZAND KO`RDI'ning rasmi

Ayni paytda Saudiya Arabistonida haj safarini amalga oshirayotgan dog`istonlik oila o`g`il farzandli bo`ldi, deb xabar berdi Islam.ru nashri.

Dog`istondan hajga jo`nab ketgan Kamilat Gasanguseynova Makka shahriga sog`-salomat etib keldi va muqaddas erda, uzoq vaqtdan beri kutilgan o`g`il farzandni dunyoga keltirdi.

Ota-onasi bolaga Muhammad, deb ism qo`ydi. Ayni paytda ona va bola o`zini yaxshi his qilmoqda. Oila haj amallarini bajarishga kirishdi. Yaratganning inoyati bilan kichkina Muhammad endi vataniga kichkina hoji maqomida qaytadi.

    Boshqa yangiliklar