Leonardo Di Kaprioning xayriya fondi “Xarvi” to`fonidan jabrlanganlarga yordam sifatida United Way Harvey Recovery Fund fondi hisobiga million dollar mablag` o`tkazdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Fond rahbari Brayan Gallaxer aktyorning bag`ri kengligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Xarvi” to`foniga zarba berish uchun har birimiz nimaga qodirligimizni ko`rsatishimiz zarur. Leonardo Di Kaprioning mazkur xayriyasi bunga misol bo`la oladi”, dedi Gallaxer.
“Xarvi” to`fonidan jabrlanganlar uchun dunyodagi eng yirik United Way Worldwide
notijorat tashkiloti mablag` to`plamoqda. To`fon oqibatida 30 kishi qurbon bo`ldi, 7 million kishi jabrlandi.






