AsosiyDunyo

KIM ChEN IN UChINChI MAROTABA OTA BO`LDI

'KIM ChEN IN UChINChI MAROTABA OTA BO`LDI'ning rasmi

Koreya xalq demokratik respublikasi rahbari Kim Chen Inning rafiqasi yil boshida uchinchi farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasi ma`lum qilgan.

“Taxminlarga ko`ra, Li Sol Chu fevral oyida uchinchi farzandini dunyoga keltirgan”, deyilgan xabarda. 2016 yilning to`qqiz oyi mobaynida Li Sol Chu ommaga ko`rinish bermagan.

OAVlar bergan ma`lumotga ko`ra, Kim Chen In va xonanda Li Sol Chular 2009 yilda turmush qurishgan. 2010 va 2013 yillarda ular farzand ko`rishgan. 2013 yilda KXDRga tashrif buyurgan amerikalik basketbolchi Dennis Rodmanning ma`lumot berishicha, Kim Chen Inning 2013 yilda tug`ilgan qizining ismi Kim Chju E dir. Qolgan farzandlarining jinsi va ismi noma`lum.

    Boshqa yangiliklar