Amerikaning Tannersvill shahrida o`g`ri ayollar rohibalar libosida bankka hujum qildi, deb xabar berdi1tv.ru nashri.
Jinoyatchi ayollarni kuzatuv kamerasi videoga oldi. Jinoyatchi ayollardan biri kassirga to`pponcha o`qtalib, kassadagi pullarni berishni talab qildi. Biroq bank xodimi maxfiy signalizasiya tugmasini bosishga ulgurdi. Polisiya mashinalarining sirenasini eshitgan “rohibalar” bir sent ham olmay, voqea joyidan juftakni rostladi. Ayni paytda ular FQB tomonidan qidirilmoqda.






