O`zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi o`rinbosari – Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xo`jaev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.
Asadjon Xo`jaev (1970 yilda tug`ilgan) O`zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi o`rinbosari – Prezident matbuot xizmati rahbari etib tayinlangani 2017 yil mart oyida ma`lum bo`lgan edi. Bungacha Xo`jaev Intellektual mulk qo`mitasi bosh direktori, O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o`rinbosari, «O`zbekiston pochtasi» kompaniyasi bosh direktori birinchi o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi Bobur Alixonov ham egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.






