Samarqand shahrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligidagi videoselektor nihoyasiga etdi, deb xabar beradi O`zA.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududlarda mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Prezidentimiz harbiy ta`lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oliy harbiy bilim yurtlariga yoshlarni tayyorlash tizimini tubdan yangilash masalalariga alohida e`tibor qaratdi.
Bilimli, salohiyatli harbiy kadrlar tayyorlashni quyidan boshlashimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoev. Buning uchun 29 akademik lisey faoliyati yo`lga qo`yiladi. Bu liseylar boshqa liseylardan tubdan farq qilishi lozim. Bu erda yoshlarni dunyoqarashi keng, jismonan baquvvat, aqlan etuk insonlar etib tarbiyalash lozim. Bu soha uchun mablag` ayamaymiz. Kimki o`z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev mutasaddilarga Vatan himoyachilari kunini nishonlash tartibini qayta ko`rib chiqish, bunda an`anaviylikdan qochish, uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash tizimini ishlab chiqish bo`yicha topshiriq berdi.






