AsosiyDunyo

MUQOVASIDA BRIJIT MAKRONNING SURATI ChOP ETILGAN ELLE JURNALI REKORD DARAJADA SOTILDI

'MUQOVASIDA BRIJIT MAKRONNING SURATI ChOP ETILGAN ELLE JURNALI REKORD DARAJADA SOTILDI'ning rasmi

Muqovasida Fransiya prezidentining rafiqasi Brijit Makronning surati chop etilgan Elle jurnali sotuv bo`yicha oxirgi o`n yillikdagi rekordni yangiladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron jurnalga birinchi xonimlik haqidagi taassurotlari, shu bilan birga turmush o`rtog`iga nisbatan muhabbati, yoshlaridagi farq haqida eksklyuziv intervyu berdi.

Jurnalning mazkur soni 18 avgust kuni sotuvga chiqib, jurnal 530 mingdan ortiq nusxada sotildi. Intervyuning onlayn talqinini 30 million foydalanuvchi tomosha qildi, maqolani Twitter sahifasida 3,5 million kishi bo`lishdi.

Maqola Fransiyadan tashqarida — Germaniya va AQSh fuqarolarida ham katta qiziqish uyg`otdi.

    Boshqa yangiliklar