— Erim bilan ajrashayapmiz. Sudda mol-mulk ustida nizo chiqsa, men va farzandlarimga biror nima tegadimi? Uy-joy qaynonamning nomida. O`g`lining nomida esa onasi tomonidan hadya qilingan mashina bor, xolos. Hadya qilingan mulk ajrim vaqti mol-mulk taqsimotiga kiradim
Sharifa Iskandarova, Buxoro viloyati
— Nikoh davrida er-xotinning har biriga hadya qilingan mulk ularning shaxsiy mulki hisoblanadi. Er-xotin o`rtasida mol-mulkni bo`lish masalasi ko`tarilgan taqdirda bu mulkka daxl qilinmaydi.






