27 avgust kuni Bosfor ko`rfazida yuk kemasi falokatga uchradi, deb xabar qildi Rueconomics.ru nashri.
Ma`lum bo`lishicha, Mo`g`iliston bayrog`i ostida suzayotgan “Leonardo” yuk kemasi Istanbulning Sarier tumani yaqinida ikkiga bo`linib ketgan.
Falokat vaqtida 114 metrlik kema bortida 11 kishi bo`lgan. Ularning barchasi quruqlikka etkazilgan. Kemaning orqa qismi ekipajning bir qismi bilan birga shatakchi yordamida sohilga olib chiqilgan. Uning Qora dengizda suzib yurgan ikkinchi qismini olib chiqish bo`yicha qutqaruv ishlari tashkil qilindi.






