O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev 28 avgust kuni Samarqandga safarining ikkinchi kunida Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugining “Kattaqo`rg`on” dala o`quv maydoniga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari bu erda bo`linmalarning o`zaro xamkorlikda o`tkazgan operativ-taktik mashqlarini kuzatdi.

Shavkat Mirziyoev mamlakatimiz mudofaa tizimida qo`llanib kelinayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar, zirhli texnikalar va razvedka aloqa vositalari bilan tanishib, harbiy mutaxassislar bilan suhbatlashdi.








