AsosiyJamiyat

​PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV RAISLIGIDA SAMARQAND ShAHRIDA VIDEOSELEKTOR YIG`ILIShI BOShLANDI

'​PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV RAISLIGIDA SAMARQAND ShAHRIDA VIDEOSELEKTOR YIG`ILIShI BOShLANDI'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Samarqand shahrida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi, deb xabar beradi O`zA.

Unda Bosh vazir va uning o`rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, shuningdek, videokonferensaloqa vositasida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

Yig`ilishda muddatli harbiy xizmatni o`tagan fuqarolarni ishga joylashtirish, oliy harbiy ta`lim muassasalariga hujjat topshiradigan abiturientlarni saralash talablarini takomillashtirish va ularni tayyorlovchi kollej hamda liseylarning faoliyatini samarali tashkil etish, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish, harbiylarning oilalari uchun viloyatlarda ko`pqavatli uy-joylar bunyod etish va ularga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish, qo`shinlardagi jangovar tayyorgarlik salohiyatini oshirish va tarbiyaviy ishlar ko`lamini kengaytirish va boshqa masalalar ko`rib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar