Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko o`g`li bilan 26 avgust kuni tomorqasidagi kartoshkani yig`ishtirib olish uchun ter to`kdi, deb xabar berdi RIA nashri.
“Ish jadvali tig`iz bo`lishiga qaramay, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir kunini tomorqasidagi kartoshka hosilini yig`ishtirishga bag`ishladi”, deyilgan xabarda.
Lukashenko kenja o`g`li Nikolay bilan birga kun davomida kartoshka terdi. 3 gektar erdan 105 tonna kartoshka yig`ishtirib olindi. Hosil gektaridan 350 sentnerni tashkil etdi. Aleksandr Lukashenko uchun har yili kartoshka hosilini yig`ishtirib olish an`anaga aylangan. Hosil to`lig`icha bolalar va qariyalar uyiga topshiriladi.






