AsosiyJamiyat

​ANDIJONDA YaNGI KO`ChA FOYDALANIShGA TOPShIRILDI(FOTO)

'​ANDIJONDA  YaNGI KO`ChA FOYDALANIShGA TOPShIRILDI(FOTO)'ning rasmi

Eng ulug`, eng aziz bayram arafasida Andijon shahrining Boburshoh va Irgash Ashurov ko`chalarini bog`lovchi “Mangulik” ko`chasi ochildi, deb xabar beradi Andijon viloyat hokimligi rasmiy sayti.


Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Barchani Mustaqillik shodiyonasi bilan qutlab, yurtimizda amalaga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko`lami yanada kengayshi va bu xalqimizning nurli kelajagini ta`minlashini aytib o`tdi. Shuningdek, bayram arafasida viloyatimizda 126 ta katta-kichik ob`ektlar foydalanishga topshirilishini mamnuniyat bilan ta`kidladi.

Tantana davomida mazkur ko`cha qurilishini amalga oshirigan “Samandar shijoati” mas`uliyati cheklangan jamiyatining ishchilariga minnatdorchilik bildrildi.

- Kengligi 32, uzunligi 700 metrdan ziyod bo`lgan ushbu ko`cha 60 kunda ta`mirlanib, foydalanishga topshirildi,-deydi MChJ rahbari Samandar Sayfutdinov.-Yo`l bo`ylariga piyodalar yo`lakchasi, maysalar va gullar o`tqazildi. Tejamkor va uzoqni yorituvchi chiroqlar o`rnatildi. Bu yumushlarga 2 milliard 8 million so`m mablag` sarflandi.

Bunyodkorlik bayramida Andijon san`at kollejining orkestr jamoasi va iste`dodli yosh san`atkorlar kuy va qo`shiqlari bilan barchani davraga chorladilar.

Boshqa yangiliklar