AsosiyJamiyat

​PREZIDENT VATAN TARAQQIYoTIGA MUNOSIB HISSA QO`ShAYoTGAN YoShLARNI MUKOFOTLASh TO`G`RISIDA FARMON IMZOLADI

'​PREZIDENT VATAN TARAQQIYoTIGA MUNOSIB HISSA QO`ShAYoTGAN YoShLARNI MUKOFOTLASh TO`G`RISIDA FARMON IMZOLADI'ning rasmi

"Yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo`shib kelayotgan yosh avlod vakillarini mukofotlash to`g`risida" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

Mamlakatimiz yoshlari xalqimizning mehnatsevarlik, bilim va ma`rifatga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bag`rikenglik kabi olijanob fazilatlarini o`zida mujassam etib, Vatan manfaatlarini himoya qilishga qodir bo`lgan barkamol avlod sifatida jamiyatimizda munosib o`rin egallamoqda.

O`zbek xalqining ulkan salohiyati bugungi kunda hal qiluvchi kuch bo`lib hayotga kirayotgan, zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta egallagan, azmu shijoatli, navqiron yosh avlodimiz timsolida yaqqol namoyon bo`lmoqda.

Yurtimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, ta`lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san`at, sport va boshqa sohalarida jonbozlik ko`rsatib, mamlakatimiz ravnaqiga, uning jahon miqyosidagi obro`-e`tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo`shayotgan vatanparvar va fidoyi yoshlarimizning ezgu intilishlarini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish maqsadida quyidagilar davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlansin:

«Do`stlik» ordeni bilan

Baratova Madina Xasanovna

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Buxoro viloyati Kengashi raisi o`rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Sultonov Sarvarbek To`lqinbek o`g`li

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o`rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Tadjiev Odiljon Patixdjonovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandlikka ko`maklashish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari

Tuxtaev Xusen Mirzaevich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand davlat universitetidagi boshlang`ich tashkiloti etakchisi

Xodjaev Jamshid Baxtiyorovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Navoiy viloyati Kengashi raisi

Shukurov Elbek Xabibullaevich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi

«Shuhrat» medali bilan

Abbasova Mehrinoz Nosirjon qizi

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi ta`sischiligidagi «Yosh ijodkorlar uyushmasi» nodavlat notijorat tashkiloti raisi

Abdurayimov Ergash Arifdjanovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati Olmaliq shahar Kengashi raisi

Abduraximov Begzod Jo`raboevich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Arnasoy tumani Kengashi raisi

Avezov Islombek Ilxamovich

-

Xorazm viloyati Urganch shahridagi maishiy xizmat ko`rsatish bo`yicha xususiy tadbirkor

Azimov Farrux Kaxramonovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent temir yo`l muhandislari institutidagi boshlang`ich tashkiloti etakchisi

Alijonov Murodjon Ibrogimjon o`g`li

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Farg`ona viloyati Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi»ning «Jasorat» klubi etakchi mutaxassisi

Axunov Jamshid Shodievich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati Payariq tumani Kengashi raisi

G`aybulloev Abbos Asatovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining «G`arbgazta`minot» unitar korxonasidagi boshlang`ich tashkiloti etakchisi

Jumamuratov Raxat Tleumuratovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumani Kengashi raisi

Zikriyaev Zokir Mamirovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Guliston davlat universitetidagi boshlang`ich tashkiloti etakchisi

Islamov Sherzod Xalilovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Kengashi raisi

Ismatzoda Rabbonai Samariddin

-

Samarqand shahridagi «Rabbona-Ko`zmunchoq-Tekstil» oilaviy korxonasi rahbari

Qayumov Lazizjon Baxtiyorovich

-

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

Qodirov Bekzod Abduraxmonovich

-

«O`zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Kasaba uyushma qo`mitasi ommaviy-tashkiliy ishlar bo`yicha yo`riqchisi

Qurbonov Ibratbek G`ayrat o`g`li

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Xorazm viloyati Xiva tumani Kengashi raisi

Kutfitdinov
Islombek
Ilxom o`g`li

-

Namangan shahridagi «Imron tekstil group» xususiy korxonasi direktori

Matkarimov
Matkarim Sabirjonovich

-

Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Davr tort» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Murodov Umid Abduvalievich

-

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 23-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari

Nematov Laziz Alisherovich

-

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining «Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari» fakulteti dekani o`rinbosari

Normurodova Gulnora Ikromovna

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Kengashi bo`lim mudiri

Nusratullaev
Abdulxay
Shavkat o`g`li

-

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi «Yangi avlod tekstil» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Pattaev Xojiakbar Shokir o`g`li

-

Namangan yoshlar markazining yosh jurnalistlar to`garagi rahbari

Polvonov
Sherzodjon Fazlitdinovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining boshlang`ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi mudiri

Po`latov Uchqunbek Ulug`berdievich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Kengashi qoshidagi «Yosh tadbirkor» konsultativ markazi koordinatori

Rasulov Doniyor Mamazokir o`g`li

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining «GM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatidagi boshlang`ich tashkiloti etakchisi

Rahmatov Elyor Jumaboevich

-

Toshkent davlat yuridik universiteti Moliya, bank va soliq huquqi kafedrasi o`qituvchisi

Raxmonova Roxat Mexmonovna

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Kengashining ta`lim muassasalari bilan ishlash bo`yicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Rustamova
Dilraboxon Abduraximovna

-

Andijon davlat universiteti o`qituvchisi

Utkirov Muxriddin Baxriddinovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Kengashining ta`lim muassasalari bilan ishlash bo`yicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Shokirov Botirjon Shuxrat o`g`li

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani Kengashi raisi

Shrazov Anvar Asamatdinovich

-

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi» tashkiliy-kadrlar bo`limi mudiri

Boshqa yangiliklar