AsosiyDunyo

​NIGERIYa PREZIDENTINING ISh KABINETINI SIChQONLAR KEMIRDI

'​NIGERIYa PREZIDENTINING ISh KABINETINI SIChQONLAR KEMIRDI'ning rasmi

Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy uyida o`tirib, ishlaydigan bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Nashrning xabar berishicha, Buxoriy uch oy davomida chet elda davolanib, Nigeriyaga endi qaytgan. Uning yo`qligida kabinetidagi buyumlarni sichqonlar kemirib tashlagan.

“Uch oy davomida prezident kabineti bo`sh turganligi bois kemiruvchilar mebel va kondisionerlarga jiddiy zarar etkazgan”, deb ma`lumot berdi Nigeriya prezidentining vakili Garba Shexu. Uning so`zlariga qaraganda, mamlakat prezidentining uyda ishlashi ish faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, shuning uchun uning ish kabineti tez kunlarda kapital ta`mirdan chiqariladi.

May oyining boshida Nigeriyaning 74 yoshli prezidenti Muhammad Buxoriy mamlakatni vaqtinchalik boshqarishni vise-prezident Yemi Osinbajoga topshirib, o`zi davolanish uchun Buyuk Britaniyaga jo`nab ketgan edi. U bundan bir necha kun ilgari Nigeriyaga qaytgan.

    Boshqa yangiliklar