O`g`rilar Londonning sharqiy qismida joylashgan zargarlik do`koniga devordagi teshik orqali kirib, narxi 1,8 million funt sterling (2,3 million dollar) bo`lgan tilla va olmos taqinchoqlarni o`g`irlab ketdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur o`g`irlikda sakkiz kishi ishtirok etib, ulardan uch nafari katta bolg`a va lom bilan devorni teshgan. Qolgan o`g`rilar esa do`kon ichiga kirib, uch soat davomida zargarlik buyumlarini o`g`irlab, yana teshik orqali chiqib ketgan.
O`g`irlangan zargarlik buyumlari orasida oltin va olmos kolelar, sirg`alar, bilaguzuklar bo`lgan. Hozircha o`g`rilar ushlanmagan, tergov davom etmoqda.






