AsosiyJamiyat

BUGUN "NIHOL" MUKOFOTINING YaNGI SOHIBLARI ANIQLANADI

'BUGUN "NIHOL" MUKOFOTINING YaNGI SOHIBLARI ANIQLANADI'ning rasmi

Bugun poytaxtdagi "Istiqlol" saroyida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste`dodlar uchun ta`sis etilgan "Nihol" mukofotining yangi sohiblarini taqdirlashga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

2016 yilning oktyabr-noyabr oylarida "Nihol" mukofoti tanlovining tuman (shahar) saralash bosqichlari o`tkazilgandi. Unda 13 ming nafardan ortiq ijodkor yosh o`z mahoratini namoyish etdi.
Ushbu bosqichlardan muvaffaqiyatli o`tgan eng munosiblar respublika bosqichida mumtoz qo`shiq, musiqa ijrochiligi, estrada, opera ijrochiligi, raqs san`ati yo`nalishlarida o`z musiqiy dasturini "Nihol" mukofoti respublika kengashi a`zolari, mutaxassislar va ekspertlar, keng jamoatchilik, san`at ixlosmandlari e`tiboriga havola etadi.

Boshqa yangiliklar