AsosiyJamiyat

​TOShKENT ShAHAR IIBB RASMIY SAYTIDA E`LON QILINGAN "VILOYaTLARGA O`XShAB KIYINGAN" IBORASIGA IZOH BERDI

'​TOShKENT ShAHAR IIBB RASMIY SAYTIDA E`LON QILINGAN "VILOYaTLARGA O`XShAB KIYINGAN" IBORASIGA IZOH BERDI'ning rasmi

Bugun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy saytida qidiruvdagi shaxslar haqida xabar berildi.

Unda Toshkent shahri aholisi o`g`rilik va firibgarlik jinoyatlaridan ogohlantirilgan va begona shaxslarni xonadonga umuman qo`ymaslik, turli nayrang, aldovlarga ishonmaslik so`ralgan.Xabarga ko`ra suv ichib olish, yirik kupyuradagi pullarni maydasiga almashtirib olish, hojatini chiqarib olish yoki telefon orqali qo`ng`iroq qilib olish bahonasida uylarga kirib turli jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan, voqea joyi yaqinida joylashgan videokuzatuv kamerasiga tushgan shaxslar suratlari keltirilgan. Ushbu shaxslar haqida ma`lumotlar keltirilar ekan, ulardan biri "viloyatliklarga o`xshab kiyingan"ligi ta`kidlangan.

Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida chiqqan bu xabar va "viloyatlik shaxslarga o`xshash" atamasi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining e`tiroziga sabab bo`ldi.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti yuqoridagi jumla sayt xodimining e`tiborsizligi tufayli kelib chiqqanligini ma`lum qildi:

"Shuni ma`lum qilamizki, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan yurtimiz fuqarolari bunday atama bilan toifalanmaydi, bunday holat xabarni tayyorlagan xodimning e`tiborsizligi tufayligina kelib chiqqan. Buni hech qanday g`araz maqsad emas, shunchaki tushunmovchilik sifatida qabul qilinishini so`rar edik".

Xabarda aytilishicha, hozirda xodimga nisbatan tushuntirish ishlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar