Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yoshi katta va keksa fuqarolarga nisbatan sodir etilgan o`g`rilik va firibgarlik jinoyatlari ko`payganligi sabab hodisa joylari yaqinidagi videokuzatuv kamerasiga tushgan bir qator shaxslarni qidirmoqda.
"Daryo"ning yozishicha, ular orasida yoshi 35—40 larda, bo`yi 170—175 santimetr bo`lgan, sochlari qora, siyrak, old taraf sochi to`kilgan, o`rta gavdali, o`zbek va rus tillarida yaxshi so`zlasha oladigan shaxs ham bor. IIBB xabarida alohida qayd etilishicha, bu shaxs «kiyinishidan viloyatliklarga o`xshaydi».

IIBB axborotida viloyatlik shaxslar kiyinishida qanday o`ziga xosliklar borligiga aniqlik kiritilmagan.






