Rossiyaning Krasnodar o`lkasidagi Kuban shahrida avtobusning suvga qulashi oqibatida 14 kishi halok bo`ldi, 24 kishi qutqarildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Manbaning xabar berishicha, avtobus to`rt metr balandlikdan pastga qulagan. Avtobus mazkur hududda qurilish ishlarini olib borayotgan “Tamanneftgaz” kompaniyasiga tegishli bo`lib, uning ichida ishchilar bo`lgan. Ayni paytda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.






