Braziliyada dengiz qirg`og`ida, quyosh nurlari ostida 1 sutka qolib ketgan 15 tonnalik kit bolasi 300 nafar ko`ngilli tomonidan suvga qaytarildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
15 tonnalik kit bolasining hayotini saqlab qolish uchun 300 kishi kurashdi. Odamlar qo`llarida belkurak va ekskavator yordamida kit bolasining dengiz tomonga suzishi uchun yo`l ochishdi. Qutqaruv operasiyasini yuzlab mahalliy aholi tomosha qildi.
Bir necha soatlik og`ir mehnatdan so`ng kit bolasi suvga qaytdi. Olimlarning fikricha, kit bolasi Antarktikaga ko`chgan kitlar to`dasidan qolib ketgan.






